Talabalarni turar joy bilan ta’minlashga bag'ishlangan ovozli suhbat o'tkazildi

29-avgust 2024
Universitet yangiliklari

29-avgust kuni Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram sahifasida universitet talabalarini turar joy bilan ta’minlash yuzasidan ovozli chat tashkil etildi.

Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Oybek Kuziyev ishtirok etib, 2024-2025 oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, universitet talabalar turar joyi komplekslarining quvvati va qamrovi, talabalarning yotoqxonaga joylashtirish tartibi, yotoqxonalarda yaratilgan sharoitlar hamda ijara xonadonlari to’g’risida ma’lumotlar berdi. 

Ovozli chat davomida ishtirokchilarning bevosita savol va murojaatlariga tegishli javoblar berildi.

Teglar: #ovozli chat