Yotoqxona izlash talabaning muammosiga aylanmasligi lozim 

27-avgust 2024
Universitet yangiliklari

Har gal yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalar uchun yotoqxona masalasini hal etish muhim masalaga aylanadi. Chunki, oliy ta’limga talabalar qamrovi oshishi natijasida tabiiyki talabalar turar joyiga ehtiyoj ham oshib boradi. Xo‘sh bu borada Qarshi davlat universitetida ishlar qay tartibda yo‘lga qo‘yilgan? 

Oliy ta’lim muassasasi tarkibidagi 10 ta talabalar turar joyining quvvati 3038 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich mavjud ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.

Oliygoh asosiy darvozasi oldida tashkil qilingan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari” boʻyicha maʼlumotlar markazida talabalarning yotoqxona va ijara xonadoni bilan bog‘liq muammolari mas’ullar tomonidan tezkorlik bilan ijobiy hal etilmoqda. 

Qolaversa, talabalar o‘z murojaatlarini (97) 143 51 71, (97) 070 77 90 va (91) 644 44 54 telefon raqamlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ullarga yo‘llashlari ham mumkin. 

Shuningdek, talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida universitet rasmiy saytida Qarshi shahridagi maqbul sharoitlarga ega ijara xonadonlarining manzilli ro‘yxati shakllantirilgan (https://qarshidu.uz/oz/page/ijara).

Ma’lumot o‘rnida, universitet yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborish mumkin.

Xulosa sifatida aytish mumkin, sarlavhada e’tirof etilganidek, talabalarning muammosi yotoqxona izlash emas, balki bor e’tiborni sifatli ta’lim olishga qaratishlari lozim.