Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o'qishni ko'chirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

17-avgust 2024
Universitet yangiliklari

16-avgust kuni, Qarshi davlat universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish bo'yicha alohida iqtidor talab qilinadigan ta'lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Imtihonlarda Sport faoliyati: kurash, dzyudo, futbol hamda tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, musiqa ta'limi yoʻnalishlari boʻyicha jami 67 nafar talabgorlar sinovdan o'tishmoqda.

ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.