“Yoshlar kelajak bunyodkorlari” lll ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi MDH yoshlarini birlashtirdi!
Joriy yilning 8-13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanda joylashgan "Lochin" oromgohida "Yoshlar kelajak bunyodkorlari" lll-ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan Qurultoy davomida “Turizm va ekologiya“ mavzularida o’quv seminarlar, “Zakovat”, "Munozara" intellektual o’yinlari, "MUN" (Model of United Nations) loyihasi, Dizaynerlik koʻrgazmalari, “Turizm kvest”, “Turizm spartakiadasi” tanlovlari, Eng yaxshi turizm va ekologiya loyihalari tanlovlari hamda Turizm va Ekologiya Kengashi elchilari saylovi tashkil etildi.
Mazkur qurultoyda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Malayziya, Misr, Bangladesh davlatlari hamda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar, jumladan Qarshi davlat universitetining faol yoshlari ham o’z bilim va qobiliyatlarini namoyon etgan holda turli yo‘nalishlar bo‘yicha faxrli o'rinlarni egallashdi.
Ahamiyatlisi, Iqtisodiyot fakultetining 4-bosqich talabasi A’zam Muratov Qashqadaryo viloyatining Yosh turizm elchilari Kengashida 2024-2025-yillar davomida faoliyat olib borishi uchun “Ishonch yorlig‘i” bilan taqdirlandi.