Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi
Qarshi davlat universitetida Prezident va nomli davlat stipendiyalariga nomzod talabalar uchun tanlovning oliy ta'lim bosqichi sinov jarayonlari bo'lib o'tdi. Sinovlar avvalida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.Bekpulatov Prezident va nomli davlat stipendiyalarining ahamiyati, tanlov bosqichlari va talablari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovning ilk bosqichida Qarshi davlat universitetining 3 nafar magistrant va 41 nafar bakalavr bosqichi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Islom Karimov, Navoiy, Ulug‘bek, Bobur nomli davlat stipendiyalariga da’vogarlik qilmoqda. Talabgorlar O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni bilish darajasi doirasida maxsus komissiya a'zolari tomonidan suhbatdan o'tkazildi. Sinovdan yuqori natija bilan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirokini davom ettiradi.