Ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: dolzarbligi, muammolari va istiqbollari
Joriy yilning 26-27-aprel kunlari Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan “Ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: dolzarbligi, muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiya o‘zbek, rus, ingliz tilida olib borildi. Anjuman yalpi majlisini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Bekpulatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Xususan, universitet prorektori “Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi yaqin yillar ichida zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan, xorijiy tajribalar asosida ta’lim sohasining yetuk mutaxassislarini tayyorlashni yanada yuqori cho‘qqilarga ko‘tarishga xizmat qiladi” degan fikrni alohida ta’kidladi. Yalpi majlis davomida konferensiya mehmonlarining ham mavzu doirasida fikr-mulohazalari tinglandi.
Anjumanning sho‘ba yig‘ilishlarida mahalliy va xorijiy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Konferensiya yakunida boshlang‘ich ta’lim sohasida hamkorlikdagi seleksion ishlarni olib borish va ilmiy mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarga yoshlarni jalb etish ko‘lamini yanada kengaytirish, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda mutaxassislik fanlarini interaktiv usullarda o‘qitilishini tashkil etish, kafedraning ilmiy to‘garaklarida doimiy sohalarning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha yangiliklarini o‘zlashtirishga kelishib olindi.