Qarshi davlat universitetida jismoniy tayyorgarlik sinovlari boshlandi

29-Aprel 2024, 05:52
Universitet yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan. 

Jumladan, joriy yil 22-apreldan 10-mayga qadar davlat oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida Jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkaziladi. Bugun Qarshi davlat universitetida sport sinovlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport tadbirlari, musobaqalar o‘tkazish muhim ekanligini ta’kidlashdi. Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, talabalarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi. 

Tasdiqlangan grafik-jadvalga asosan, sport sinovlarining dastlabki kunida Geografiya va agronomiya, Fizika fakultetlarining talabalari uzoq va qisqa masofaga yugurish, yurish, basketbol savatchasiga to‘p kiritish, uzun va qisqa masofaga sakrash, to‘ldirma to‘p uloqtirish, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish kabi sport mashg‘ulotlarini bajarishdi.