
Sog‘lom tanda sog‘ aql
2 April, 2021Inson hayotda sog‘lom yashashi uchun albatta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanib turishi zarur. Jismoniy harakatlar inson organizmidagi ish faoliyatini yaxshilaydi. Bosh miya faoliyati hamda qon aylanish sistemasida jismoniy tarbiyaning o‘rni juda katta. Tana sog‘lom bo‘lsa insonning fikrlashi ham yaxshi bo‘ladi. Xalqimizda “Sog‘ tanda - sog‘lom aql” degan hikmatli ibora bejizga aytilmagan. Qarshi davlat universiteti TTJ tarbiyachi-pedagoglari ommaviy sportni talaba-yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida TTJda yashovchi talabalar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.