Universitet yangiliklari

Buyuk jasorat sohibi

30 January, 2023

30-yanvar — mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan Qarshi davlat universitetida qator tadbirlar bo‘lib o‘moqda. Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi edi. U mamlakatimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklagan.

Og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda yurtimizni jadal rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirgan. Fakultetlarda tashkil etilgan tadbirlarda Birinchi Prezidentimizning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi. Serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganligi e’tirof etildi.