“Zukko kitobxon” tanlovining g‘oliblari aniqlandi

15-Noyabr 2023, 08:49
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan "Talabalar festivali" doirasida “Zukkko kitobxon” musobaqasining universitet birinchiligi o‘tkazildi. 6 ta badiiy asarlar bo‘yicha berilgan savollarga 17 ta jamoa o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

 

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra,

1️⃣ - Magistr talabalardan tashkil topgan "Imperia" jamoasi,

2️⃣ - Tarix fakultetining "Buyuk kelajak" jamoasi,

3️⃣ - Roman-german filologiyasi fakultetining "Nefrit" jamoasi qo‘lga kiritdi.

 

G‘olib va sovrindorlar:

1- 2 000 000 (ikki million),

2- 1 500 000 (bir yarim million)

3- 1 000 000 (bir million) so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.