“To‘maris izdoshlari” — jasorat, epchillik va vatanparvarlik sinovi

4-May 2026, 05:15
Universitet yangiliklari

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa nizomiga ko‘ra, unda talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Bellashuvlarda Qarshi davlat universitetining “To‘maris”, Qarshi davlat texnika universitetining “Massaget malikalari” hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Jasorat” jamoalari “Jamoani tanishtirish”, “Sport bilan hamnafasmiz”, “Birinchi tibbiy yordam” va “Velosipedda uchish” shartlari asosida o‘zaro bellashishdi. Hakamlar hay’ati baholariga ko‘ra, Qarshi davlat universitetining “To‘maris” jamoasi hududiy bosqich g‘olibi bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Jasorat” jamoasi ikkinchi, Qarshi davlat texnika universitetining “Massaget malikalari” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.