“Qaqnus” talabalar teatr studiyasi — final bosqichida!
4-May 2026, 05:08
Universitet yangiliklari
Samarqand shahrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli festivalda Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘zining sahna mahorati va ijodiy chiqishlari bilan final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Festivalning final bosqichi joriy yilning 18–19–20-may kunlari Andijon viloyati musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadi. Qarshi davlat universiteti jamoasi “Qaqnus” talabalar teatr studiyasiga final bosqichida ulkan zafarlar tilaydi!