“Zakovat” — intellektual taraqqiyot yo‘lida bilim va salohiyat sinovi
Bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etib, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga hissa qo‘shmoqda. Qashqadaryo viloyatida O‘zNNTMA tashabbusi bilan NNT vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida viloyat jamoalari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Dil-Shod” barqaror rivojlanish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash markazi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu jamoa tarkibida Qarshi davlat universiteti vakillari ham bor.
G‘olib jamoa tarkibida:
Nigora Toxirova — Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi va NNT direktori
Mohinur Yaxshiqulova — Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi va markaz mutaxassisi
Sarvinoz Rustamova — Iqtisodiyot fakulteti talabasi va yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi vakili
Shahzoda Hakimova — Iqtisodiyot fakulteti talabasi va inkluziya yo‘nalishi koordinatori