Xorijiy tillar fakultetida Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

4-May 2026, 04:47
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yilining II choragi doirasida Xorijiy tillar fakultetida bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Qashqadaryo viloyati “Kelajak markazi” rahbari, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, bitiruvchilarga bevosita ishga joylashish imkoniyatini taqdim etdilar. Yarmarka davomida bir qator bitiruvchilar bilan shu joyning o‘zida uch tomonlama shartnomalar imzolandi va ularning doimiy bandligi ta’minlandi. Shuningdek, tadbir jarayonida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda daromadli ish bilan ta’minlash yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi. Fakultetlarda o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilayotgan amaliy tashabbus sifatida davom etmoqda.