“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi
Unda 84 nafar iqtidorli yosh ishtirok etib, 20 nafari Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti talaba va magistrantlari ham ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etib, viloyat bosqichi g‘oliblari safidan o‘rin oldilar:
Ermuminov Elbek – Iqtisodiyot fakulteti, 2-kurs
Muratov A‘zam – Iqtisodiyot fakulteti, magistratura 1-kurs
Bo‘ronov Toxir – Iqtisodiyot fakulteti, 4-kurs
Ergashov Abdullo – Iqtisodiyot fakulteti, 3-kurs
Shamsiddinova Shahrizoda – Kimyo-biologiya fakulteti, magistratura 1-kurs
Shuningdek, Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs talabasi Sardorxon Gʻiyosov ham tanlovning Samarqand viloyati bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻl oldi. Tanlov nizomiga muvofiq, tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari BHMning 5 baravari, viloyat bosqichi g‘oliblari esa BHMning 8 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar. G‘oliblarimizni tabriklaymiz va Respublika bosqichida ham omad tilaymiz!