“Vazir kubogi” yakunlandi: QarDU jamoasi g‘olib!
"Vazir kubogi" doirasida Surxondaryo viloyatida Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilgan talaba qizlar o‘rtasidagi nufuzli futbol musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Respublikamizning 13 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etgan ushbu bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilib, sport ruhini, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamladi hamda yangi iqtidor egalarini yuzaga chiqardi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — Qarshi davlat universiteti
2-o‘rin — Termiz davlat universiteti
3-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimi bayramona ruhda o‘tdi. Unda O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari hamda mezbon universitet rahbariyati ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarga medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirdi. Sportchi talaba-qizlarimiz va ularning murabbiylarini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham yuksak natijalarga erishishiga tilakdoshmiz!