“To‘maris izdoshlari” – talaba-qizlar o‘rtasida sport va ma’naviyat uyg‘unligi
Joriy yilning 22-aprel kuni oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa Nizomiga muvofiq, talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizga hurmatni kuchaytirish, vatanparvarlik, qat’iyat va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev ochib berib, tanlovning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda psixologik xizmat markazi rahbari Sh.Karamova ishtirokchilarni musobaqa shartlari bilan tanishtirib, ularga omad tiladi. Musobaqa “Jamoani tanishtirish”, “Sport bilan hamnafasmiz”, “Birinchi tibbiy yordam” hamda “Velosipedda uchish” kabi shartlar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z bilim, chaqqonlik va jamoaviylik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Kimyo-biologiya va Sport fakultetlari
2-o‘rin — Iqtisodiyot va Ijtimoiy fanlar fakultetlari
3-o‘rin — San’atshunoslik, Pedagogika, Fizika va Tibbiyot fakultetlari
G‘olib jamoalar mos ravishda 4 mln, 3,5 mln va 3 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.