Xalqaro hamkorlik samarasi: QarDU o‘qituvchilari Latviyada stajirovkada

4-May 2026, 04:36
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari — Shohjahon Davronov, Shahzod Boboqulov ayni kunlarda Latviya davlatining Daugavpils universitetida stajirovka o‘tamoqdalar. Mazkur stajirovka Qarshi davlat universiteti hamda Daugavpils universiteti o‘rtasida 2025-yil 4-sentyabr kuni imzolangan xalqaro memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Stajirovka davomida o‘qituvchilar Daugavpils universitetining Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, IT ta’lim yo‘nalishlariga oid normativ hujjatlar va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ilmiy laboratoriyalar ish faoliyati o‘rganilmoqda. Bundan tashqari, ustozlar xorijiy hamkasblarning ma’ruzalarida ishtirok etib, o‘zlari ham dars mashg‘ulotlarini o‘tib berish orqali tajriba almashish jarayonida faol qatnashmoqdalar. Ushbu stajirovka ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.