Speaking Club muvaffaqiyatli o‘tdi!
4-May 2026, 04:34
Universitet yangiliklari
Inkubatsiya markazida Intellectual Students Council tomonidan navbatdagi Speaking Club tashkil etildi. Mavzu: “Is watching TV still worth it today?” Sessiya ingliz tilida jonli va erkin muhokama tarzida o‘tdi. Tadbirda Iqtisodiyot hamda Xorijiy tillar fakultetlari talabalari faol qatnashib, o‘z fikr va qarashlarini ishonch bilan bayon etdilar. Ishtirokchilarga maxsus sovg‘alar topshirildi. Mazkur sessiya Intellectual Students Council tomonidan tashkil etilib, kengashning faol volontyorlaridan biri — Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabasi Javohir Nizamov tomonidan yuqori saviyada olib borildi.