Hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
4-May 2026, 04:22
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining Privoljskiy tadqiqot tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonlar tomonidan qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalar uchun mazmunli master-klass tashkil etildi. Mazkur uchrashuv o‘zaro akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.