Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

4-May 2026, 04:20
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida Mehnat yarmarkasi hamda workshop seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Jumladan, joriy o‘quv yilining II choragi doirasida Filologiya fakulteti bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan ushbu tadbirda 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Natijada bitiruvchilarning bir qismi shu joyning o‘zida ish bilan ta’minlanib, uch tomonlama shartnomalar imzolandi va ularning doimiy bandligiga erishildi. Yarmarka davomida yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularga kasb-hunar bo‘yicha yo‘naltirish hamda daromadli ishga jalb etish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi. Ayni paytda fakultetlarda mehnat yarmarkalari izchil davom etmoqda. Bu esa yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularning bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarning yorqin ifodasidir.