 
							
							Adolat va halollik yo‘lida: QarDUda eng yaxshi insho va esse tanlovlari yakunlandi
Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Korrupsiyasiz ta’lim – yorug‘ kelajak kafolati” mavzusidagi “Eng yaxshi insho” va “Ta’limda adolat – jamiyatda taraqqiyot” shiori ostidagi “Eng yaxshi esse” tanlovlarining oliygoh bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet bosqichlarida gʻolib chiqqan talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va adolat tamoyillarini yoritgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
Natijalar quyidagicha:
Eng yaxshi insho
Sevinch Ergasheva — Tibbiyot fakulteti talabasi
Roʻzigul Beganchiyeva — Iqtisodiyot fakulteti talabasi
Bahora Safarova — Kimyo-biologiya fakulteti talabasi
Eng yaxshi esse
Shahrizoda Aralova — Xorijiy tillar fakulteti
Parizoda Dilmurodova — Filologiya fakulteti
Muhayyo Tursunqulova — Filologiya fakulteti
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Ma’lumot uchun, tanlov g‘oliblari tegishli ravishda 1 000 000, 800 000 va 600 000 so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.