 
							
							Psixologik seminar-trening
Qarshi davlat universiteti Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi psixologi A.Husanov tomonidan Filologiya fakulteti talabalari uchun psixokorreksion trening-mashg‘ulot o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda ruhiy va ijtimoiy zo‘riqish holatlarining oldini olish, ularning psixologik barqarorligini mustahkamlash hamda ijobiy emotsional muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. “Meni tushun” deb nomlangan trening jarayonida talabalar o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etish, o‘zaro muloqot va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot davomida psixolog A.Husanov talabalar o‘rtasida kuzatilayotgan psixik tanglik holatlarini yumshatish, huquqiy va psixologik madaniyatni oshirishga qaratilgan turli interaktiv mashqlarni tashkil etdi. Trening yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan foydali maslahatlar oldilar. Mazkur seminar-trening talabalar ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashda va ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.