 
							
							Talabalar uchun tarbiyaviy film namoyish etildi
31-Oktabr 2025, 10:37
								Universitet yangiliklari	
							Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda iste’dodli rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan “Drug dealer” filmi namoyish etildi. Davlat xavfsizlik xizmati va Yoshlar ittifoqi buyurtmasiga asosan yaratilgan mazkur film giyohvandlik, psixotrop dorilarning zararli oqibatlari hamda ularning inson hayotiga salbiy ta’sirini yoritadi. Tadbir yoshlar ongida yot illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va to‘g‘ri hayotiy tanlov qilishga undash maqsadida tashkil etildi.Film voqealari talabalarda katta taassurot qoldirib, ularda ogohlik va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirdi.