 
							
							“Onamga sovg‘a” kitobxonlik tanlovi Qarshi davlat universitetida
31-Oktabr 2025, 10:34
								Universitet yangiliklari	
							O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va onalarga mehr-muhabbat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Onamga sovg‘a” nomli kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar tanlangan ikki badiiy asar mazmuni asosida 50 ta test savoliga javob berishdi. Natijalar yaqin kunlarda e’lon qilinadi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan talaba g‘olib deb topilib, uning onasiga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshiriladi. Mazkur tanlov talabalarda o‘qishga mehr, onalarga ehtirom va ma’naviy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirishga xizmat qiladi.