Qarshi universiteti vakillari — Para yengil atletika kubogi sovrindorlari!

31-Oktabr 2025, 10:20
Universitet yangiliklari

20–22-oktyabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahridagi “Yangiobod” Respublika o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa davomida bir qator yo‘nalishlarda mamlakat rekordlari yangilandi. Shuningdek, murabbiylar yosh sportchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. E’tiborlisi, bu yilgi O‘zbekiston kubogida ilk bor aralash jamoaviy estafeta bellashuvlari ham tashkil etildi. Quvonarli jihati shundaki, musobaqalarda Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti vakillari ham munosib natijalarga erishishdi.

Sevinchbek Husanov, Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, T12 toifasidagi 100 metrga yugurish bahslarida 1-o‘rinni, uzunlikka sakrashda esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xudoybergan Jumanazarov, Sport fakulteti talabasi, T12:13 toifalaridagi 5000 metrga yugurish musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Sportchilarimizni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ham katta zafarlar tilaymiz!