Otaturk universiteti professori QarDUda dars mashg‘ulotlari o‘tmoqda
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari natijasida 2025-yil 20-oktyabrdan boshlab Turkiyaning Otaturk universiteti qoshidagi Turkshunoslik tadqiqotlari instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Hüseyin Baydemir Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs talabalariga “O‘zbek adabiyoti tarixi” fanidan mashg‘ulotlar o‘tmoqda. Professor Hüseyin Baydemir tomonidan olib borilayotgan darslar talabalar hamda fakultet professor-o‘qituvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘zbek adabiyotining boy tarixiy merosi, mumtoz adabiyot namoyandalari ijodi va zamonaviy talqinlar tahlil qilinmoqda. Shuningdek, uchrashuv davomida Qarshi davlat universiteti va Otaturk universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Professor Hüseyin Baydemir joriy yilning 25-oktyabriga qadar Filologiya fakulteti talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib boradi.