Onlayn firibgarlik: xavf-xatar va unga qarshi kurash yo‘llari muhokama qilindi
Iqtisodiyot fakultetida bugungi kunda keng tarqalayotgan onlayn firibgarlik holatlari va ularning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi A.Ubaydullayev, universitet rektori maslahatchisi A.Jo'rayev hamda profilaktika inspektori M.Jabbarov ishtirok etishdi. Mehmonlar so‘nggi paytlarda uchrayotgan firibgarlikning yangi ko‘rinishlari, ularni aniqlash usullari va ularga qarshi kurashish choralari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, internetdan foydalanishda hushyorlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va onlayn xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan tanishdilar.