Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

24-Oktabr 2025, 05:43
Universitet yangiliklari

2025-yil 21-oktyabr kuni Qarshi davlat universitetida "Globallashuv davrida til va ta’lim: nazariya va amaliyot" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Tadbirda chet el va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari olimlari hamda ZOOM orqali mutaxassislar qatnashdi. Dastlab O'zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan viloyat hokimi va universitet rektorining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Anjuman yalpi yig‘ilishda professor B.Mengliyev “Ona tili – millat ko‘zgusi” mavzusida, turkiyalik olimlar H.Baydemir va R.Karkinli esa o‘zbek va turk tillari hamda lug‘atshunoslik bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Shuningdek, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan tayyorlangan “Qashqadaryo viloyati joy nomlari izohli lug‘ati” kitobi taqdim etildi. Tadbir yakunida viloyat hokimligi tomonidan olimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Konferensiya sho‘balarda ishini davom ettirdi.