
Iqtisodiyot fakultetining 3 nafar talabasi viloyat hokimi stipendiyasiga sazovor bo‘ldi
Qarshi Yoshlar Texnoparkida Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan saralangan 42 nafar iqtidorli talaba o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Baholash jarayonida ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida saralandi:
Fan olimpiadalari va tanlovlardagi g‘olibliklari,
Ilmiy maqolalar, patentlar va asarlar nashri,
Chet tillarini bilish darajasi,
Konferensiyalarda faol ishtiroki,
Fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari,
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimlari,
Axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari.
Natijada, eng yuqori natijalarga erishgan 14 nafar talaba g‘olib deb topildi. Ular 2025-yil sentyabr oyidan 2026-yil iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qo‘shimcha stipendiya bilan taqdirlanadi.Quvonarlisi shundaki, g‘oliblar safida Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetining 3-bosqich talabalari – Ismoilova Gulrux Arslon qizi, Nasretdinova Aziza Adxamjonovna hamda Xudoyberdiyeva Olima Otabek qizi ham bor. Talabalarimizni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz!