Universitetda birinchi bosqich talabalari bilan muloqotlar davom etmoqda

6-Sentabr 2025, 07:14
Universitet yangiliklari

Universitet mas’ullari birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Jumladan, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov Matematika va kompyuter ilmlari, Xorijiy tillar, Iqtisodiyot, San'atshunoslik va Pedagogika fakultetlari talabalari bilan muloqotda bo‘ldi. Uchrashuvda universitetning “Odob-axloq kodeksi” mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, ushbu kodeksning asosiy vazifalari — oliygohda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, talaba va xodimlarda tashqi ko‘rinish madaniyatini rivojlantirish, universitetning ta’lim tizimidagi va jamiyatdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlashdan iboratdir. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning kiyinish madaniyati, odob-axloqi va axloqiy sifatlarini yuksaltirish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu kodeksga rioya etish barcha uchun muhim vazifa ekani qayd etildi. Mazkur muloqotlar fakultetlarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.