QarDU talabasi Universiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi

6-Sentabr 2025, 07:12
Universitet yangiliklari

3–9 sentyabr kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida Turkiy davlatlar III Universiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 5 mamlakat sportchilari 7 ta sport turi bo‘yicha bahs olib bormoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 80 nafar talaba-sportchi qatnashmoqda. Ular orasida Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti talabasi Baxtiyorov Kamoliddin Begzod o‘g‘li dzyudo sportining 60 kg vazn toifasida 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Talabamiz Kamoliddin Baxtiyorovni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz!