Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Qarshi davlat universiteti faoliyati bilan tanishdi

14-Oktabr 2024, 11:10
Universitet yangiliklari

Oliygohda 13 ta fakultet, 45 ta kafedra mavjud boʻlib, 65 ta bakalavriat, 26 ta magistratura va 27 ta doktorantura ixtisosliklari bor. Shuningdek, 6 ta ilmiy kengash, 1 ta ilmiy markaz, 9 ta ilmiy va 25 ta oʻquv laboratoriyalari bor. 

Tashrif doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov universitetning Kimyo-biologiya, Fizika, Tibbiyot fakultetlarining oʻquv laboratoriyalari, Kutubxona, Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi, Turizm amaliyot markazi, Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi (Talabalarga xizmat koʻrsatish markazi) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Sifatli ta'lim uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy va innovatsion loyihalar haqida ma'lumot berildi. 

Qarshi davlat universiteti taʼlim va tadqiqotga global yondashuvni qoʻllab-quvvatlovchi Oʻzbekistondagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Ayni tashrif ikki oliygoh o‘rtasida oʻquv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida uzoq istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.