
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz!
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga keladi. Bugun Sport fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar qatnashdi.
Muloqotda dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan, mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan bir davrda fikrga qarshi - fikr, g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi faqatgina ma’rifat bilan kurashish zarurligi, axborot xurujlaridan ogoh bo‘lish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, Islom - insonparvarlik va bag‘rikenglik dini ekani, Ona vatanimizni asrab-avaylash, doimo ogoh va hushyor yashash lozimligi urg‘ulandi. Tadbir davomida tinchlikni qadriga yetish va jaholatga qarshi kurashishni targ‘ib etuvchi videofilm namoyish etildi.