Universitet yangiliklari

QarDUda o‘quv jarayonlari offlayn va onlayn tarzda joriy yilning 12-yanvar kunidan bosqichma-bosqich boshlanadi

10 January, 2023

Vazirlikning  tegishli ko`rsatmasiga ko`ra oʻquv jarayonini viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi. Universitetda ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida “Shtab” tashkil etildi.

Ob-havo sharoitlari tufayli  boshqa viloyatlar,  chekka va olis tumanlardan o‘qishga kelolmagan talabalarga o‘quv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish “sinxron rejim”(internet tarmog‘i orqali real vaqt)da tashkil qilinadi.

Joriy yilning 20-yanvariga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Dars mashg‘ulotlari boshlanishi bilan bog‘liq savollar bo‘yicha universitet “Shtabi”ga, dekanatlar va guruhlarga biriktirilgan tyutorlarga murojaat qilishlari mumkin.