Qarshi davlat universiteti jamoasi — “To‘maris izdoshlari” Respublika bosqichi g‘olibi!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Respublika bosqichi yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar yengil atletika, kamondan o‘q otish, velosport, estafetali yugurish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda jamoani tanishtirish shartlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi.
2-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
3-o‘rin — Termiz davlat universiteti
“Eng namunali jamoa” nominatsiyasi — Qoraqalpoq davlat universiteti
“Eng ahil jamoa” nominatsiyasi — Jizzax davlat pedagogika universiteti
G‘olib va faol jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Qarshi davlat universiteti jamoasini ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!