Ayol matonati va nazm go‘zalligi — Halima Xudoyberdiyeva ijodiga bag‘ishlangan tadbir

21-May 2026, 07:08
Universitet yangiliklari

Filologiya va Ijtimoiy fanlar fakultetlarida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlangan “Nazmda ayol qalbi va matonati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda shoira ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, she’rlarida Vatanga muhabbat, ona timsoli, ayol matonati hamda milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi haqida atroflicha fikr yuritildi. Professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar tomonidan taqdimotlar qilinib, shoira she’rlaridan namunalar o‘qildi. Mazkur tadbir yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotga qiziqishni oshirish va ijodiy dunyoqarashni boyitishga xizmat qiladi.