Halollik vaksinasi – yoshlar ma’naviyatida korrupsiyaga qarshi immunitet

21-May 2026, 06:34
Universitet yangiliklari

Ijtimoiy fanlar fakultetida “Kelajak soati” doirasida “Halollik vaksinasi” mavzusida seminar-dars tashkil etildi. Tadbir “OTMda tahsil olayotgan talaba-yoshlarda halollik vaksinasi: ta’lim va tarbiya jarayonida shakllantirish” g‘oyasiga bag‘ishlandi. Seminar davomida “Halollik vaksinasi” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda talaba-yoshlarda korrupsiyaga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish masalalari yoritildi. Ta’kidlanganidek, yoshlar dunyoqarashi va qadriyatlar tizimida vijdon, mas’uliyat, rostgo‘ylik, or-nomus, insof, burch va ezgulik kabi axloqiy fazilatlarni singdirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu korrupsiyaning oldini olishda asosiy omil hisoblanadi. Tadbirda Falsafa va sotsiologiya kafedrasi mudiri, professor G.Bekmurodova, kafedra dotsenti Z.Boymurodov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Srajidinova, fakultet tyutori X.Eshmirzayeva hamda Ijtimoiy ish yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar.