Filologiya va Pedagogika fakultetlari talabalari uchun unutilmas taassurotlarga boy sayohat tashkil etildi!

19-Aprel 2025, 10:55
Universitet yangiliklari

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamrohligida talabalar bebaho madaniy merosga ega bo‘lgan qadimiy va navqiron Samarqand shahriga bordilar. Sayohat davomida talabalar Registon maydoni, Shohizinda majmuasi, Bibixonim masjidi va Ulug‘bek observatoriyasi kabi tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar. Ular Samarqandni aylanib yurgan xorijlik turistlar bilan ko‘rishib, esdalik uchun suratga ham tushdilar. Bu safar ularga nafaqat ilhom, balki yurtimiz tarixi va madaniyatiga nisbatan yanada chuqur hurmat hissini uyg‘otdi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarimizning Vatanga muhabbati, tarixga qiziqishi va madaniy saviyasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.