
Tyutorlar ishtirokida “Kredit-modul tizimi hamda HEMIS axborot tizimidan foydalanish” bo‘yicha o‘quv seminar tashkil qilindi.
Seminarda Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi Ta'limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i S.Rustamov tomonidan HEMIS dasturida ishlash, kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, pedagoglar faoliyati va o‘zlashtirishni baholash, tizimda meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, kredit-modul tizimini raqamlashtirish, tizimga kiritilayotgan yangilanishlar, xorijiy davlatlardagi ushbu tizimning muhim tamoyillari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. HEMIS axborot tizimi “Ma’muriy boshqaruv”, “O‘quv jarayoni”, “Ilmiy faoliyat”, “Moliyaviy boshqaruv va statistika” axborot tizimlarini o‘z ichiga olib, oliy ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga ma’muriy xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarga elektron ta’lim xizmatlarini taqdim etadi. O‘quv seminarda ishtirokchilar o’zlarining fikr-mulohazalari, savol-javoblari bilan faol qatnashdi.