Ijara xonadonlari o'rganilmoqda

10-Fevral 2025, 05:56
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida viloyatlar va olis tumanlardan kelib tahsil olayotgan talaba qizlar talabalar turar joylari va ijara uylarida istiqomat qilib kelmoqda. Ularning holidan muntazam ravishda xabar olish, muammo va sharoitlarini o‘rganib borish tizimli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tegishli mas’ullar tomonidan ijara xonadonlariga tashriflar davomiy turda amalga oshirilmoqda. Jumladan, kuni kecha Matematika va kompyuter ilmlari, Pedagogika hamda Geografiya va agronomiya fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari Qarshi shahar Beklar, Alisher Navoiy MFYlarida bo‘lib, ijarada turadigan talaba qizlar holidan xabar oldilar. Tashriflar asnosida ijara xonadonining yashash sharoiti, issiqlik tizimining mavjudligi hamda talabalarning dars tayyorlashlari uchun xonadonlarda yaratilgan sharoitlar o'rganildi. Xonadon egalari bilan suhbatlar o’tkazilib, talabalarning ijara mas’uliyati haqida eslatib o’tildi.