Soliq siyosati va marketing strategiyalarining biznes rivojlanishiga ta’siri

10-Fevral 2025, 05:50
Universitet yangiliklari

Iqtisodiyot fakultetida Turizm va marketing kafedrasi hamda Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasi xodimlari hamkorligida marketing, savdo ishi, mehmonxona xo'jaligini tashkil etilsh va boshqarish ta'lim yo'nalishi talabalari uchun “Soliq siyosati va marketing strategiyalarining biznes rivojlanishiga ta’siri” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda soliqlarning davlatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Soliq  turlari, stavkalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.  Shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgani ta’kidlandi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.