![](/uploads/2025/02/10/img_10022025_054521.jpg)
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Kimyo-biologiya va Filologiya fakultetlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan”, “Kiberjinoyat tushunchasi va uning salbiy oqibatlari” va “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar iste’molining oldini olish” mavzularida tadbirlar o‘tkazildi. Yig‘ilishlarda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo’limi xodimi S.Muhammadiyev, universitet profilaktika inspektorlari M.Jabbarov, D.Ro‘ziyeva, Yoshlar bilan ishlash bo’limi tyutorlari, fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari hamda talaba-yoshlar qatnashdi. Suhbatlarda bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq sodir etilayotgan jinoyatlar holati, yoshlarimizning diniy, dunyoviy, ahloqiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy va diniy aqidaparastlikning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish hamda giyohvandlikning inson sog‘lig‘iga zarari va uning ayanchli oqibatlari haqida so‘z bordi.