![](/uploads/2025/02/10/img_10022025_052648.jpg)
Milliy qadriyatlar – bebaho boyligimiz
Zamonlarning baland-past dovonlaridan o‘tgan sari qadriyatlar insonlarni tinchlik-totuvlikka, mehr-oqibatga, ezgulikka, hamjihatlikka chorlaydigan katta ma’naviy kuchga ega ekanligi ta’kidlangan. Tarix fakultetida “Milliy qadriyatlar – bebaho boyligimiz” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Unda Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Karimov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi O.Rahmonqulova,Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutorlari va 1-bosqich talabalari qatnashdi. Noan’anaviy tarzda o‘tkazilgan tadbirda milliy qadriyatlarning ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi, shuningdek, Antropologiya va etnologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan o‘zbek millatining urf-odatlari va an’analarini targ‘ib etuvchi liboslar ko‘rgazmasi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.