Insholar tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi

10-Fevral 2025, 05:07
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: miliiy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkazilgan insholar tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo va qo‘shni Surxondaryo viloyatlari oliy ta’lim muassasalaridan jami 14 nafar (OTM bosqichida g‘olib bo‘lgan) talabalar ishtirok etdi. Dastlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Talabalar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov tanlovning maqsad va vazifalari xususida batafsil to‘xtalib, barcha qatnashchilarga omad tiladi. Tanlovning natijalari haqida keyinroq ma’lumot beriladi.