Nomli davlat stipendiya sohiblariga qanday imtiyozlar beriladi?

10-Fevral 2025, 05:01
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-6309-Farmoniga ko‘ra Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.  Xususan, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. 5-fevral kuni universitet Inkubatsiya markazida tashkil etilgan seminarda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Sh.Ibroximov talabalar uchun davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish, nomzodlar uchun kerakli hujjatlar va nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida batafsil tushuntirish berdi.