
Mehr va saxovat kuni
Davlatimiz rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-son farmoniga binoan har haftaning juma kuni "Mehr va saxovat kuni" etib belgilangan.
"Mehr va saxovat kuni" tadbirlari doirasida 11-oktyabr kuni Iqtisodiyot, Tibbiyot, Fizika va Matematika fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari M.Ostanova, M.Muhammadiyeva, N.Odilova, F.Klichova Qarshi shahar Mahallot mahallasida istiqomat qiluvchi universitet faxriylari M.Abdullayeva, A.Amirqulova xonadonlariga yo‘qlab bordilar.
Dildan suhbatlarda hayotiy tajribalar o‘rtoqlashildi. Faxriylar dorilomon kunlar shukronasi, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi, xalq faravonligini tilab duoga qo‘l ochdilar.