“Hokim stipendiyasi” tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi
Bugun Qarshi davlat universitetida “Hokim stipendiyasi” tanlovining 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasasi saralash imtihonlari o’tkazildi.
Imtihonlar avvalida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.Bekpulatov tanlov bosqichlari va talablari haqida batafsil ma’lumot berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovning ilk bosqichida Qarshi davlat universitetining 34 nafar bakalavr bosqichi talabalari “Hokim stipendiyasi”ga da’vogarlik qilmoqda.
Talabgorlarning O‘zbekiston tarixi va Axborot texnologiyalari fanlaridan bilish darajalarini baholash uchun maxsus komissiya a'zolari tomonidan imtihon o'tkazildi.
Sinovdan yuqori natija bilan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar talabgorlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirokini davom ettiradi.