9-may Xotira va qadrlash kuni

Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari “9-may — Xotira va qadrlash kuni” misolida ham yorqin namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, o‘tganlarni xotirlash, aziz otaxonu-onaxonlar, faxriy ustozlarning duosini olmoqlik saodati o‘zgacha.

Bugun Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti dekani N.Eshqorayeva, kafedra mudirlari N.Qayumova, O.Jabborov va fakultet professor-o‘qituvchilari universitetda uzoq yillar samarali mehnat faoliyati olib borgan ustozlar – Jo‘ra Oromov, Sadulla Botirov hamda Jo‘ra Toshovning xonadonlariga yo‘qlab bordilar.

Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e’zozga loyiq. Samimiy suhbatlarda o‘tganlar xotirlandi. Ustozlarning duolarida xalqimizning dasturxoniga qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat kabi tilaklar o‘z ifodasini topdi.