IT salohiyat yo‘lida: Muborakda maktab o‘quvchilari uchun mahorat darsi

14-Aprel 2025, 05:15
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti tomonidan Muborak tumanidagi yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida navbatdagi amaliy tashabbus amalga oshirildi. 10-aprel kuni universitetning Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti N.Begmatova tomonidan Muborak tumanidagi 13-maktab o‘quvchilari uchun IT yo‘nalishida mahorat darsi tashkil etildi. Dars doirasida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, axborot texnologiyalarining zamonaviy imkoniyatlari, dasturiy mahsulotlar yaratish jarayoni hamda yoshlarni IT sohasiga keng jalb etish masalalari atroflicha yoritildi. Tadbirda multimediali taqdimotlar, interfaol o‘qitish usullari va amaliy mashg‘ulotlardan foydalanildi. Bu esa o‘quvchilarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Ushbu tashabbus yosh avlodning raqamli ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni IT sohasiga yo‘naltirish va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini belgilashda muhim omil bo‘ldi.